«milliy bog‘» tegli maqolalar


O‘zbekistonda hozir faqat virtual reallik orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar — Vision Pro trendi “Gazeta.uz” talqinida
7 fevral 2024, 16:22

O‘zbekistonda hozir faqat virtual reallik orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar — Vision Pro trendi “Gazeta.uz” talqinida

Apple o‘zining yangi gadjeti — Vision Pro virtual reallik qurilmasini xaridorlarga yetkazib bera boshlagach, internetda undan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha memlar yasash trendga aylandi. “Gazeta.uz” ham trendga qo‘shilib, O‘zbekistonda hozir faqat virtual ko‘rish mumkin bo‘lgan kadrlardan memlar yasadi.

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj
9 sentabr 2022, 22:55

Badbo‘y hidli ko‘l, kallaklangan daraxtlar, qayta tiklangan gummaxona — Milliy bog‘dan reportaj

Prezident tashrifidan so‘ng poytaxtdagi qayta ta’mirlangan Milliy bog‘ yana o‘z faoliyatini boshladi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam qisqa vaqt ichida gavjum maskanga aylangan bog‘dan fotoreportaj tayyorlashdi.

«Amalga oshirilgan ishlarni boshqalar 10 yilda ham eplashi dargumon». Davlat OAVlari Milliy bog‘ ochilishini qanday yoritdi?
6 sentabr 2022, 16:39

«Amalga oshirilgan ishlarni boshqalar 10 yilda ham eplashi dargumon». Davlat OAVlari Milliy bog‘ ochilishini qanday yoritdi?

«Amalga oshirilgan ishlarni boshqalar 10 yilda ham eplashi dargumon», «avvalgisi bilan bugungisini taqqoslab bo‘lmaydi», «bog‘ dunyodagi o‘zining muqobillari bilan dadil tenglasha oladi», «bu bayramga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi» — Davlat OAVlarida 5 yil davomida ta’mirlangan Milliy bog‘ ochilishi qanday yoritildi?

Ekologlar qayta ochilgan Milliy bog‘dagi daraxtlarga zarar yetganini tasdiqladi
29 avgust 2022, 17:13

Ekologlar qayta ochilgan Milliy bog‘dagi daraxtlarga zarar yetganini tasdiqladi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi besh yillik rekonstruksiyadan so‘ng, qayta ochilgan Milliy bog‘dagi daraxtlarga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Keyinroq esa xabar o‘chirib tashlandi.

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 17:42

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)

1932 yilda tashkil etilgan va besh yil avval ta’mirlash uchun yopilgan O‘zbekiston Milliy bog‘i ochilishga tayyor. Ko‘l yana suvga to‘lgan, istirohat bog‘iga prezident tashrif buyurdi. U bog‘ni Toshkent ramzlaridan biri deb atadi va «qadriyatlarimizni e’zozlash va xotira ham kerak"ligini ta’kidladi. Foto.

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)
9 avgust 2022, 21:59

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sobiq Milliy bog‘ hududida joylashgan plyajli ko‘l 15 avgust kuni ochilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri bog‘da bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Navoiy viloyatida «Markaziy Qizilqum» bog‘i va «Oqtog‘-Tomdi» qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda
17 fevral 2022, 14:34

Navoiy viloyatida «Markaziy Qizilqum» bog‘i va «Oqtog‘-Tomdi» qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 mln ga bo‘lgan «Markaziy Qizilqum» milliy tabiat bog‘i, Tomdi tumanida umumiy maydoni 40 ming ga bo‘lgan «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda.

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda
5 noyabr 2021, 13:00

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda

Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. «Gazeta.uz» qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.

Prezident Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi
9 iyun 2021, 11:40

Prezident Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi. Kutubxona 3 qavatli bo‘lib, unda san’at va axborot texnologiyalari, tarix, filologiya va din hamda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan taqdimotga ko‘ra, ushbu kutubxona prezident kutubxonasi maqomida ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari Urganchda o‘rnatiladigan al-Xorazmiy haykali va Toshkentda o‘rnatiladigan Botir Zokirov haykali eskizlari bilan tanishdi.

Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi
2 iyun 2021, 08:31

Milliy bog‘ o‘rnida Magic City ochildi

Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. «Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting